Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Toshkent shahar boshqarmasida tarmoq boʻlimlari hamda tuman boʻlimi rahbarlari ishtirokida Xalqaro statistik standartlar va tamoyillarni joriy etish–rasmiy statistikani innovatsion rivojlantirishning asosi mavzusida seminar oʻtqazildi.
Boshqarma boshligʻi L.Mirsoatov seminarni ochib, qoʻyidagilarni taʼkidladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarori bilan rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni amaliyotda qoʻllash ustuvor yoʻnalishlar qilib belgilangan.
Agentlik va uning organlari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq ushbu sohada quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika uslubiyotlari yagonaligini taʼminlaydi, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan oʻtkazadi;
rasmiy statistika sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda xalqaro tavsiyalar asosida normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, statistik koʻrsatkichlarni hisoblash uslubiyotlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, joriy etadi va takomillashtiradi;
rasmiy statistika uchun zarur boʻlgan statistik tasniflagichlarni ishlab chiqadi va yuritadi, xalqaro standart tasniflagichlar asosida ularning muntazam ravishda qayta koʻrib chiqilishini amalga oshiradi;
ochiq statistika maʼlumotlarini statistika organlari, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning internet resurslari hamda nashrlarida joylashtirish yoʻli bilan tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga rasmiy statistika maʼlumotlaridan keng foydalanish uchun teng imkoniyatlarni yaratadi;
boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari va xalqaro tashkilotlar bilan ochiq statistika maʼlumotlarini oʻzaro almashadi;
milliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika maʼlumotlarining maksimal darajada ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib borish koʻrsatkichlari xalqaro statistik toʻplamlarda chop etilishini taʼminlash maqsadida xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlaydi;
rasmiy statistika sohasida xalqaro tashkilotlar, statistika institutlari va boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
milliy statistika tizimiga statistika faoliyatini tashkil etishning xalqaro darajada tavsiya etilgan ilgʻor uslubiyotlari va tavsiyalarini joriy etish yuzasidan zarur choralarni amalga oshiradi;
statistika sohasida kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish ishlarini tashkil etishda respublika ilmiy va taʼlim muassasalari hamda xalqaro statistika institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
xalqaro tavsiyalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib borish maqsadida statistikaga doir turli xalqaro tadbirlar, seminar, treninglar va boshqa tadbirlarda tizim vakillarining ishtirokini taʼminlaydi.
Statistika agentligi, oʻzining sifatni yaxshilash boʻyicha faoliyatida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va BMTning Statistika komissiyasi (asosiy xalqaro statistika tashkilotlari) bilan yaqindan hamkorlik qiladi hamda maʼlumotlar sifatining umumeʼtirof etilgan asosiy jihatlarini va statistik sifat sohasidagi boshqa tavsiya etilgan standartlarni qoʻllaydi.
Axborot xizmati