Yurtimizda har yili 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash an’anaga aylangan.
Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda ushbu sanaga 32 yil toʻlishi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berdi. Unda bo‘lim boshliqlari va tizim xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligi ochib berildi.
Tadbir qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tdi va ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga toʻliq javob oldi. Faol qatnashgan xodimlar boshqarma boshlig‘i tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati