Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasiga TDIU vakillari hamda xorijlik ekspertlar tashrif buyurishdi.
Delegatsiya a’zolari TDIU talabalarining o‘quv-amaliyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari N.Shukurov mehmonlarga boshqarmadagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari, ilg‘or texnologiyalar hamda demografiya, mehnat va gender statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashqivot ishlari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga toʻliq javob oldi.
Axborot xizmati