Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha o‘quv amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini topshiruvchi respondentlar hamda tuman statistika bo’limi xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Muloqot davomida hisobotni E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali xato-kamchiliklarsiz vaqtida topshirish bo’yicha ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati