18/12/2024

   Joriy yilning 18-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan seminarda o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

   Seminarda roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi B. Boymurodov va Mirobod tuman statistika boʻlimi boshligʻi K. Jamolovlar o‘z ma’ruzalarida tinglovchilarga olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.

18-4

18-3

   Ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish bu – mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot olish, to‘plangan ma’lumotlar ijtimoiy himoya, investitsiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi hamda ularni amalga oshirilishiga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.

   Bundan tashqari, barcha tuman mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, raqamlanmagan turar-joy va binolarning raqamlanganlik holati, ko‘cha nomlari belgilarini o‘z joyiga o‘rnatish mazkur tadbirni sifatli o‘tilishi asosiy omil ekanligi haqida aytib o‘tildi.

   Tadbir so‘ngida barcha fikr-mulohazalar tinglanib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech