Joriy yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov soʻzga chiqib, jamoani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi va 2024-yilda erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, xodimlarga boshqarma rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan yangi yil sovgʻalari topshirildi.
Axborot xizmati