Joriy yilning 24–26-dekabr kunlari Toshkent shahar statistika boshqarmasida tadbirkorlik subyektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida statistika yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalari orqali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Shu bilan birga o‘quv kursi davomida tinglovchilar o‘quv va tarqatma materiallar, tarmoqlar hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tahliliy statistik taqdimotlari bilan ta’minlandi.
O‘quv-seminar so‘ngida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi va ularga belgilangan namunadagi guvohnomalar berildi.
Axborot xizmati