Aholining ro‘yxatga olinishi jarayoni katta tayyorgarlikni talab qiladi. Albatta, bu jarayonning samarali bo‘lishi uchun turar-joy va boshqa binolarni raqamlanganlik holatlarini o‘rganish juda muhim ahamiyat ega
Joriy yilning 9-yanvar kuni Toshkent shahar Statistika boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Yashnobod tumandagi “Tashisti” MFYda turar-joy va boshqa binolarning raqamlanganlik holati oʻrganildi.
Mazkur jarayonning sifatli va samarali amalga oshirilishi aholi bilan ishlashdagi boshqa ko‘plab masalalarni hal qilishga yordam beradi. Shu bois, raqamlanganlik holatini o‘rganish va aniqlash strategik ahamiyatga ega.
Aholini ro‘yxatga olishning ushbu bosqichidagi samaradorlik umumiy natijalarning ishonchliligini oshiradi.
Axborot xizmati