Toshkent shahar Uchtepa, Shahxontohur, Mirobod va Chilonzor tumanlarida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.
Joriy yilning 13-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi xodimlari tomonidan 2025-yil uchun tanlanma kuzatuvlar o‘tkaziladigan Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Ko‘ksaroy”, “Xurshid”, “Oqmachit”, “Qoziguzar”, Shayxontohur tumani “Katta oqtepa”, Mirobod tumani “Fayziobod” hamda Chilonzor tumani “Xayrobod” MFYlarida bo‘lib, kuzatuvning maqsad va mohiyatini tushuntirish masalalari yuzasidan mahalla faollari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.
Axborot xizmati