Toshkent shahar Shahxontohur va Yashnobod tumanlarida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 14-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi xodimlari tomonidan 2025-yil uchun tanlanma kuzatuvlar o‘tkaziladigan Toshkent shahar Shahxontohur tumanidagi “Kamolon” hamda Yashnobod tumani “Katta Qo‘yliq” MFYlarida bo‘lib, kuzatuvning maqsad va mohiyatini tushuntirish masalalari yuzasidan mahalla faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Axborot xizmati