Joriy yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistka agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B.Melikmurotov va Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Azimov bilan hamkorlikdagi tuman statistika bo‘limlari xodimlari faoliyatida korrupsiyani oldini olish va korrupsion takliflarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Bugungi targ‘ibot tashqivot tadbirning asosiy maqsadi: xodimlarga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlarini olib borish va amaldagi qonun hujjatlari bilan xodimlarni tanishtirish hamda xabardor qilish.
Axborot xizmati