20/01/2025

   Joriy yilning 20-yanvar kuni kuni Sergili tuman statistika boʻlim xodimlari tomonidan tumandagi 68-sonli umumta’lim maktabida “Aholini roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.   20-4

   Muloqot davomida maktab rahbariyati va oʻqituvchilariga aholini roʻyxatga olish tadbiri mamlakatni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi aytib oʻtildi.       

20-5

   Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi jamiyatning barcha sohalariga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Shu sababli, barchamiz ushbu tadbirda faol ishtirok etib, kelajak avlod uchun barqaror rivojlanish yoʻlini yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech