Joriy yilning 22-yanvar kuni barcha joylardagi kabi Yashnobod tumaniga qarashli 227-IDUMning o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminrda Yashnobod tumani statistika bo‘limi mutaxassislari qatnashib, ular xususan o‘z so‘zlarida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda aholini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarni qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish haqida kehg va atroflicha tushuncha berdi.
Tadbir so‘ngida yuzaga kelgan savollarga mutaxassilar tomonidan javob berildi.
Axborot xizmati