Xabaringiz bor, Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan kichik biznes subyektlari uchun statistik hisobotlarni taqdim etish yuzasidan onlayn vebinarlar tashkil qilingan.
Joriy yilning, 22-yanvar kuni boshqarmada 1-KB shakli yillik statistika hisobotini taqdim etish bo‘yicha navbatdagi onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. Vebinarda statistik hisobotlardagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida tinglovchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
Bunday o‘quv-vebinarlar statistika hisobotlarni o‘z vaqtida xato-kamchiliklarsiz taqdim etish uchun hisobot davrida doimiy tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qizg‘in savol va javoblarga boy bo‘lgan ushbu vebinarda soha xodimlari o‘zlari uchun yangi va kerakli tajribalarni o‘rganmoqda.
Tadbir so‘ngida yuzaga kelgan savollarga mutaxassilar tomonidan ko‘rsatma va tushunchalar berildi.
Axborot xizmati