Joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni 2025-yilda samarali amalga oshirish bo‘yicha hamda “Ma’naviyat va ma’rifat – millatning iqtisodiy o‘sish poydevoridir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish tushunchalarini kengaytirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish va uni amalga oshirish jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.
Ma’naviyat har bir jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, ijtimoiy hayotning mazmun-mohiyati va insonlarning oʻzaro munosabatlarini belgilovchi asosiy tamoyillar majmuidir. U jamiyat rivojlanishida muhim oʻrin tutib, uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarini uygʻunlashtiradi.
Ma’naviyat – jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy omillardan biri boʻlib, uning har bir sohada uygʻun va barqaror rivojlanishini taʻminlaydi.
Tadbir yakunida jamiyatda ma’naviy tarbiya va axloqiy qadriyatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlandi va ayniqsa, yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targʻib qilish muhimligi qayd etildi.
Axborot xizmati