24/01/2025

   Xabaringiz bor, Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan kichik biznes subyektlari uchun statistik hisobotlardagi o‘zgartirishlar yuzasidan kunlik onlayn vebinarlar tashkil qilingan.

   Joriy yilning, 24-yanvar kuni boshqarmada 1-KB shakli yillik statistika hisobotini taqdim etish bo‘yicha navbatdagi onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. Vebinarda statistik hisobotlardagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida tinglovchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

DSC9077

   Bunday o‘quv-vebinarlar statistika hisobotlarni o‘z vaqtida xato-kamchiliklarsiz taqdim etish uchun hisobot davrida doimiy tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

DSC9067

   Qizg‘in savol va javoblarga boy bo‘lgan ushbu vebinarda soha xodimlari o‘zlari uchun yangi va kerakli tajribalarni o‘rganmoqda.   

  Tadbir so‘ngida yuzaga kelgan savollarga mutaxassilar tomonidan barchaga ko‘rsatma va tushunchalar berildi. 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech