Joriy yilning 24-yanvar kuni Uchtepa tumani statistika boʻlimi mutaxassisi tomonidan tumandagi 238-sonli umumta’lim maktabida "Aholini roʻyxatga olishning maqsad va ahamiyati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot davomida roʻyxatga olish jarayoni jamiyatning rivojlanishida qanday oʻrin tutishi, har bir insonning roʻyxatga olishdagi ishtiroki qanchalik muhim ekanligi va ushbu jarayonda barcha faol ishtirok etish kerakli ta’kidladi.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olish natijalari har bir fuqaroning farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni rejalashtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati