Xabaringiz bor, bir necha kundan buyon Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan kichik biznes subyektlari uchun statistik hisobotlarni taqdim etish yuzasidan doimiy tarzda onlayn vebinarlar tashkil qilinmoqda.
Joriy yilning, 30-yanvar kuni boshqarmada 1-KB shakli yillik statistika hisobotini taqdim etish bo‘yicha navbatdagi onlayn vebinar bo‘ldi. Vebinarda statistik hisobotlardagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
Bunday o‘quv-vebinarlar statistika hisobotlarni o‘z vaqtida xato-kamchiliklarsiz taqdim etish uchun hisobot davrida doimiy tarzda o‘tkazilish rejalashtirilgan.
Axborot xizmati