03/02/2025

   Tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 105 341,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 110,9 % ga yetdi.

   Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 40 823,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 103,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 64 517,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 115,9 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 605,7 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 122,1 %) tashkil etdi.

03-3

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech