2025-yilning 4-fevral kuni Uchtepa tuman statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari va pedagog jamoasi uchun “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiri mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida ma’ruzachi tomonidan ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berdi.
Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati