Toshkent shahari bo‘yicha 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 605,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 122,1 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan, 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 2 344,0 mlrd.so‘mni (158,8 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 261,7 mlrd so‘mni (110,8 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati