Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yil 1-fevral holatiga 97,5 mingtani tashkil etdi, ulardan 87,7 mingtasi tadbirkorlik subyektlaridir.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 32,0 foiz, sanoat – 11,1 qurilish – 6,9 foiz, hududiy kesimda esa eng ko‘pi Mirzo Ulug‘bek tumani – 11,9 foiz, Yunusobod tumani – 11,9 foiz, Chilonzor tumani – 11,7 foiz, Olmazor tumani – 9,1 foiz va Yashnobod tumanida – 9,1 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati