20/03/2025

   Joriy yilning 4–7- mart kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh qarorgohida Statistika komissiyasining navbatdagi 56-sessiyasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi delegatsiyasi ishtirok etdi.20-101

   Tadbir doirasida delegatsiya a’zolari xalqaro tashkilotlar rahbarlari - BMT Statistika departamenti rahbari (Stefan Shvaynfest), Open Data Watch tashkiloti rahbari (Shayda Badi), BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi Statistika bo‘limi rahbari (Reychel Biven), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi Statistika bo‘limi rahbari (Tiina Luije) shuningdek, Kanada (Andre Loranj), Tailand (Dr. Piyanuch Vuttison) va MDH davlatlari milliy statistika idoralari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.20-102

   Muzokaralar davomida delegatsiya mamlakatimizda statistikani rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, statistik tizimga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, statistik ma’lumotlarni ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash mexanizmi, sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlari asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yish, statistik jarayonlarni zamonaviy xalqaro metodologiyalar va standartlarga muvofiq amalga oshirish, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi, gender statistikasi va “Open Data Inventory” (ODIN) xalqaro reytingi bo‘yicha erishilgan yutuqlar natijalari bo‘yicha ma’lumot berdi.20-103

   Shuni ta’kidlash kerakki, 2024- yilda quyidagi ijobiy natijalarga erishildi:

   - O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni saqlab qoldi;

   - Gender Data Compass reytingida O‘zbekiston 56-o‘rinni egalladi;

   - O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (https://data.egov.uz) Londondagi Ochiq Ma’lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha “Gold Level” (Oltin daraja) sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Ma’lumot uchun, faqat uchta sayt dunyoda “Platinum Level” (Platinum daraja) sertifikatini oldi, bu eng yuqori daraja hisoblanadi. Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qarashli Statistikasi agentligi rasmiy sayti (https://stat.uz) hisoblanadi.

   Shuningdek, mintaqaviy statistikani takomillashtirish bo‘yicha Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) bilan, jumladan ESKATO mintaqasidagi mamlakatlar bilan ham, samarali va natijali hamkorlik o‘rnatilgani alohida ta’kidlab o‘tildi.20-104

   Delegatsiya a’zolari Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi Statistika kengashining ishchi muhokamalarida ishtirok etdilar.20-105

   Uchrashuvlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalar bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid kelishuvlarga erishildi.

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech