25/03/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 10,3 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,3 ming nafarga yoki 47,4 % ga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

   sayohat – 5 310 nafar;

   xizmat yuzasidan – 3 065 nafar;

   o‘qish – 1 864 nafar;

   qarindoshlarni yo‘qlash – 80 nafar;

   tijorat – 5 nafar;

   davolanish – 2 nafar.

25-6

Tugmani bosing Tinglash GSpeech