Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Statistik hisobotlar va ko‘rsatkichlar” mavzusida seminar-trening va davra suhbati tashkil etildi.
Seminarda statistik hisobotlar bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi o‘zgarish va yangi tartiblar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir so‘ngida tadbirklik subyektlari tomonidan berilgan takliflar tinglanib, statistik hisobotlar bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar va barcha savollarga mutaxassislar tomonidan ko‘rsatma hamda tushunchalar berildi.
Kelgusida tadbirkorlik subyektlari uchun bunday seminar-trening va davra suhbatlari muntazam o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Axborot xizmati