28/03/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 032,2 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 182,2 ming nafarga yoki 21,4 % ga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-fevral oylarida chet elga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

   qarindoshlarni yo‘qlash - 795 461 nafar

   sayyohlik - 220 771 nafar

   davolanish - 8 720 nafar

   o‘qish - 5 191 nafar

   xizmat yuzasidan - 2 018 nafar

3-28-1

Tugmani bosing Tinglash GSpeech