28/03/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 5,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,9 % ni tashkil etdi.

   Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 46,7 % ni tashkil etdi.

   Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarning mos davrida quyidagicha:

   2022-yil – 74,4 %;

   2023-yil – 67,2 %;

   2024-yil – 52,8 %;

   2025-yil – 46,7 %.

3-28-6

Tugmani bosing Tinglash GSpeech