08/04/2025

   “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizdagi har bir tashkilot, korxona va muassasalar tomonidan Respublika hududlari boʻylab mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda. Mazkur loyihaga Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi ham oʻz hissasini qoʻshdi. 3

   Boshqarma jamoasi tomonidan Yangihayot tumani hududida "Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi.

1

   Mazkur ekologik tashabbusga munosib hissa qo‘shish maqsadida Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etib, hududda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.2-2

   Ushbu tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘lib, jamiyat hayotida katta ahamiyat kasb etadi.

   Bu kabi tadbirlar nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki fuqarolarning tabiatga bo‘lgan munosabatini yanada mas’uliyatli qilishga xizmat qiladi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech