Toshkent shahar boʻyicha 2025-yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 74 175,2 mlrd soʻmni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 9,1 % ga oʻsdi.
Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 48 207,4 mlrd soʻmni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 104,9 % ga toʻgʻri keldi. Respublikada ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 49,8 % ni tashkil qildi.