09/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 2 116,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 404,5 ming nafarga yoki 23,6 % ga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy davlatlarga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

   Qirg‘iz Respublikasi – 899 ming nafar;

   Tojikiston – 388,4 ming nafar; 

   Qozog‘iston – 354,9 ming nafar;

   Saudiya Arabistoni – 133,6 ming nafar;

   Rossiya – 93,9 ming nafar;

   Turkiya – 64,2 ming nafar;

   BAA – 58,8 ming nafar;

   Misr – 22,4 ming nafar;

   Tailand – 15,4 ming nafar;

   Vetnam – 11,4 ming nafar;

   boshqa davlatlar – 74,6 ming nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech