Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 3,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3 100 tonna bodring eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025-yilning 4 oyida eng ko‘p bodring eksport qilgan davlatlar:
Rossiya — 2 013 tonna;
Qirg‘iz Respublikasi — 609 tonna;
Qozog‘iston — 453 tonna;
Boshqa davlatlar — 25 tonna.