16/06/2025

   Statistika boshqarmasi tomonidan shahar va tuman statistika bo‘limlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda zahira kadrlar bazasini shakllantirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchi talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
   Uchrashuv davomida statistika tizimidagi faoliyat yo‘nalishlari, kadrlar bilan ishlash jarayoni, ishga qabul qilish tartibi va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
   Tadbir bitiruvchi yoshlar uchun sohaga oid amaliy bilim va malakalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech