19/02/2025

   Joriy yilning 19-fevral sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.10.2024-yildagi “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-367-son Qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

   Yig‘ilishni  boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, Oʻzbekiston Respublikasining 17.10.2024-yildagi “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-367-son Qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

   L. Mirsoatov soʻzga chiqib, ushbu Qaroroning maqsadi Chet mamlakatlarda tashkillashtirilgan holda mehnat qilishning institutsional asoslarini mustahkamlash, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ushbu jarayonga xususiy sektorni yanada kengroq jalb qilish va ko‘rsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirishdan iborat ekanligi haqida tushunchalar berdi.

   Shuningdek, Qarorda fuqarolarning xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 2024-yil 1-noyabrdan boshlab xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o‘rinlari haqidagi barcha ma’lumotlar Migratsiya agentligining elektron platformasi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq e’lon qilib boriish, Migratsiya agentligining elektron platformasida fuqarolarga o‘zining rezyumesini shakllantirish va joylashtirish hamda e’lon qilingan ish o‘rinlari bo‘yicha tanlovlarda erkin ishtirok etish imkoniyati yaratish, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 million so‘mgacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratilish, Migratsiya agentligining hududiy filiallari tomonidan fuqarolarning xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq, shu jumladan, “ishchi viza”ga oid hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha bepul konsalting xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yish togrisidagi chora-tadbirlar belgilanganligi ko‘rsatib o‘tildi.

   Bundan tashqari, ushbu Qarorda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning xorijdagi qonuniy mehnat faoliyati davlat tomonidan rag‘batlantirilishi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelganida ularga o‘z biznesini boshlashi uchun yer uchastkalari va davlat mulki obyektlari ijaraga berilishi, kreditlar ajratilishi, uy-joy ipotekasi taqdim etilishi va ularning bandligi ta’minlanishi, fuqarolar tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartnomasi shartlariga asossiz ravishda rioya qilinmagan taqdirda, Jamg‘arma hisobidan ularga ajratilgan subsidiya, kompensatsiya va mikrokreditlar muddatidan avval qaytarib olinishi, Migratsiya agentligi doimiy ravishda xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga ketishdan oldin moslashtirish kurslarida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartnomasini buzish oqibatlari va noqonuniy migratsiyaning xavf-xatarlarini tushuntirib borishi belgilanganligi haqida ham aytib o‘tildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech