Joriy yilning 26-fevral sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining 25.10.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-son Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, Oʻzbekiston Respublikasining 25.10.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-son Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
L. Mirsoatov soʻzga chiqib, ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tartibga solishdan iborat ekanligi, Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlashi, ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organi ekanligi, Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshirishi va u o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgar ekanligi haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iborat ekanligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kirishi, Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etilishi haqida tushunchalar berdi.
Bundan tashqari, Qonunda Vazirlar Mahkamasining asosoiy vakolatlari, Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda kuch ishlatishga vakolatli bo‘lgan tuzilmalar, boshqa davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi, Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh vazir maslahatchisini, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy ta’minlash to‘g‘risida normalar mazmun-mohiyati haqida ham aytib o‘tildi.