18/04/2025

   Joriy yilning 18-aprel sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2025-yildagi “Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-129-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

   Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalaga toʻxtalib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2025-yildagi “Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-129-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

   Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoni ijrosini ta‘minlash maqsadida qabul  qilinganligini, qaror respublikada “yashil iqtisodiyot”ni yanada rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda mikro gidroelektr stansiyalarini barpo etishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun, 2025-2026-yillarda:

   (a) jami quvvati 164 MVt bo‘lgan 2 983 ta mikro GES qurish va yiliga 500 mln kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarish;

   (b) yangi mikro GESlarni ishga tushirish hisobiga 280 mingta aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash;

   (v) aholi va sanoat korxonalarining yillik tabiiy gaz iste’molini 151 mln metr kubga kamaytirish va buning hisobiga 251 ming tonna karbonat angidrid chiqarilishini qisqartirish;

   (g) aniqlangan 3 mingga yaqin yer maydonlaridagi irrigatsiya tizimlarida mikro GESlar qurilishini tashkil etish;

   (d) qurilish davrida 1200 nafar ishchining bandligini ta’minlash va loyihalar ishga tushgandan keyin 520 ta doimiy ish o‘rni yaratish  Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalarini (keyingi o‘rinlarda — mikro GESlar) tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilanganlogini aytib o‘tdi.

   Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq, shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq:

   (a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni bilan tasdiqlangan quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro GESlarni qurish bo‘yicha xususiy investorlarni jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish sxemasiga muvofiq g‘olib deb topilgan tadbirkorlik subyekti mikro GES qurilishini mikro GESlarning namunaviy loyihasi asosida amalga oshiradi;

   (b) Energetika vazirligi “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan birgalikda namunaviy loyihani tayyorlab, o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilishi;

   (v) elektron onlayn auksion savdolarining g‘olibi deb topilgan tadbirkorlik subyektiga (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi) mikro GES quriladigan yer uchastkasini ijaraga olish to‘g‘risidagi shartnoma, elektr energiyasini sotib olish shartnomasi va yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish nuqtasi bo‘yicha texnik shartlar elektron onlayn auksion natijalari yuzasidan rasmiylashtirilgan bayon bilan birga auksion tashkilotchisi tomonidan taqdim etilishi;

   (g) “Yashil energiya” MCHJ va “O‘zbekgidroenergo” AJga Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda tanlab olingan mikro GESlarni qurishga ruxsat berilishi;

   (d) mikro GESni yagona elektr energetikasi tizimiga ulash uchun zarur bo‘ladigan elektr tarmoqlarini qurish va (yoki) rekonstruksiya qilish buyurtmachining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi;

  (e) mikro GESda ishlab chiqarilgan, shu jumladan, loyiha tashabbuskorining o‘z ehtiyojidan ortadigan elektr energiyasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali (keyingi o‘rinlarda — ta’minotchi) tomonidan kafolatlangan tarzda elektron onlayn auksion natijalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan tadbirkorlik subyektidan sotib olinadi;

   (j) loyiha tashabbuskorlari tomonidan barpo etilgan mikro va kichik GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun to‘lov o‘rnatilgan quvvatga ko‘ra elektr energiyasini xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-220-son Farmonining 8-bandi “b” kichik bandida belgilangan tarifga asosan amalga oshiriladi;

   (z) mikro GESdan elektr tarmog‘iga uzatiladigan elektr energiyasi quvvati tegishli buyurtmachiga taqsimlash tizimi operatori tomonidan taqdim etilgan elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnik shartlarda ko‘rsatilgan maksimal quvvatdan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

   (i) mikro GESda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi loyiha tashabbuskori buyurtmasiga asosan uning boshqa obyektiga yoki uchinchi shaxsga taqsimlash tizimi operatorining elektr tarmoqlari orqali transportirovka qilinishida taqsimlash tizimi operatorining xizmat haqi elektr energiyasini taqsimlash xizmatlari uchun to‘lanadigan tariflardan kelib chiqqan holda Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilanadi;

   (k) mikro GES quriladigan yer maydonida qurilish-montaj ishlarini bajarishda daraxt va butalarni ko‘chirish zarurati yuzaga kelganda, ular buyurtmachi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda ko‘chiriladi, ko‘chirish imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, kesiladigan daraxt va butalarning har birining o‘rniga qimmatliligi jihatidan kam bo‘lmagan 10 tup yirik o‘lchamli ko‘chat kompensatsiya sifatida ekiladi hamda 2 yil davomida parvarishlanishi kafolatlanadi;

   (l) irrigatsiya tizimlari kanallari, xo‘jaliklararo va ichki sug‘orish kanallarini betonlash loyihalarini ishlab chiqishda hamda betonlash ishlarini amalga oshirishda mikro GESlar qurish imkoniyati mavjud bo‘lgan maydonlar Energetika vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan kelishilgan holda majburiy tartibda inobatga olinayatganligi Boshqarma boshlig‘i tomonidan ko‘rsatib o‘tildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech