23/04/2025

   Joriy yilning 23-aprel sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2025-yildagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 212-son qarorimazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

   Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochdi va kun tartibidagi masalaga toʻxtalib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2025-yildagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 212-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

   Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi, ushbu qaror Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini raqamlashtirish va bir xil tartibga solish orqali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qabul  qilinganligini, qaror bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomi 1-ilovaga muvofiq, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganlini aytib otdi.

   Shuningdek, mazkur qaror bilan 2025-yil 1-maydan boshlab:

   respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno) inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan baholab borilishi;

   respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining rahbarlari ushbu qaror talablari asosida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilanganligini aytib o‘tdi.

   Bundan tashqari, mazkur qarorga muvofiq respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:

   bir oy muddatda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining tashkiliy tuzilmasini, vazifalarini va faoliyatini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirishi;

   inson resurslarini boshqarish sohasidagi faoliyatni baholash uchun zarur ma’lumotlar ushbu qaror talablariga muvofiq “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali o‘z vaqtida va sifatli kiritilishini tashkil etishi;

   uch oy muddatda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining rahbarlari mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlashi belgilanganligini aytib o‘tdi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech