23/05/2025

   Joriy yilning 23-may sanasida Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Katta cho‘ponota” mahalla fuqarolari yig‘ini binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli Qarorlari mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

   Seminarni boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli Qarorlari mazmun-mohiyati haqida tushuncha  berdi.

   Shundan so‘ng, Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni mamlakatimizda statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini ilg‘or xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida barcha subyektlarni haqqoniy va sifatli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini, Farmonda statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganligi aytib o‘tdi, xususan:

  • makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart tavsiyalariga muvofiq takomillashtirib borish;
  • integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
  • “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;
  • xorijiy statistika organlari hamda sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular yordamida kadrlar salohiyatini oshirish
  • aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish.

   Shuningdek, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilib, statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratishga ko‘maklashish hamda rasmiy statistikani tayyorlovchilarning sohaga oid faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Respublika statistika kengashi tashkil etilganligi, Respublika statistika kengashi rasmiy statistikani yuritish tizimini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va faoliyat ko‘rsatishiga oid masalalar bo‘yicha kollegial maslahat organi etib belgilanganligi ko‘rsatib o‘tildi.

   Farmonda Milliy statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil yakuniga qadar "Hududlar statistikasi" axborot tizimini ishga tushirish hamda unda quyidagi natijadorlik ko‘rsatkichlarini viloyat, tuman (shahar)lar kesimida aks ettirish haqidagi takliflari ma’qullanib,

   (a) tadbirkorlik subyektlarining faolligi va iqtisodiyot tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalar, yangi ish o‘rinlari, aholi bandligi va daromadlari, soliq va budjetga tushumlar, sanoat, servis va eksport;

   (b) ishga tushirilgan yangi energiya quvvatlari, iqtisodiyotda energiya tejamkorligi, yoqilg‘i resurslaridan samarali foydalanilishi hamda energiya tizimi barqarorligi, shuningdek, iste’molida yashil energiya ulushi;

   (v) hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar bo‘yicha aholi daromadi, kambag‘allik darajasi, bandlik va ishsizlik bo‘yicha ko‘rsatkichlar qiyosiyligini ta’minlanishi belgilanganligi ko‘rsatib o‘tildi.

   Bundan tashqari, Farmonda Milliy statistika qo‘mitasi hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlanib, axborot tizimlarining integratsiyasi doirasida:

   (a) Milliy statistika qo‘mitasi ikki oy muddatda va kelgusida zaruratga qarab davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni shakllantirish uslubiyotini hamda axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni auditdan o‘tkazishi;

   (b) davlat organlari va tashkilotlari o‘zlari yig‘adigan ma’lumotlarning ro‘yxati, uslubiyoti va tasniflagichini, shuningdek, ularni yig‘ish bilan bog‘liq hisobot shakllari va axborot tizimlarini Milliy statistika qo‘mitasi bilan majburiy tartibda kelishishi;

   (v) Milliy statistika qo‘mitasiga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslaridagi ma’lumotlarni elektron tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita integratsiya qilib olish huquqi berilishi ko‘rsatib o‘tildi.

   Shuningdek Farmonda biznesga hisobot yukini kamaytirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda statistik ma’lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini oshirish va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash hamda milliy statistika tizimini xalqaro amaliyotga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha vazifa va topshiriqlar o‘rin olganligi ta’kidlab o‘tildi.

   Boshqarma boshlig‘i L.Mirsoatov yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli Qarori xususida ham to‘xtalib o‘tib, mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi "Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligi, Qaror bilan statistik kuzatuvlarni o‘tkazish va ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sohada islohotlarni jadallashtirish hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida "Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish" ofisini tashkil etilishi, Transformatsiya ofisiga:

   (a) ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;

   (b) mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;

   (v) Milliy statistika qo‘mitasi bilan rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa davlat organlari o‘rtasida samarali hamkorlik va uslubiy muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish;

   (g) statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish;

   (d) xalqaro tashkilotlar ishtirokida statistika organlari xodimlarining salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;

   (ye) sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar, tadqiqotchilar hamda nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlari bilan statistika ishlarini tashkil etish va yuritish bo‘yicha samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

   (j) statistika sohasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilanligini aytib o‘tdi.

   Bundan tashqari, Milliy statistika qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tizimdagi barcha bo‘linmalarning faoliyatini to‘liq qamrab oluvchi 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy oylik samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash belgilanganligi, shuningdek mazkur Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom, Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom, Milliy statistika qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari va Rasmiy statistika sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" qabul qilinganligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech