30/04/2025

   Joriy yilning 30-aprel sanasida, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 27-yanvardagi “Aholi  va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish to‘g‘risida” KQ-49-V-son qarori yuzasidan boshqarma va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi

   Shuningdek, So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

   Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.

   Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

   O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatildi.

   Qabul qilingan qonunlar orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

   Amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati hamda ahamiyatini joylarda fuqarolarga yetkazish, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi bir qator qaror qilindi:

   Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinishi, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan ishchi guruh tarkibi tuzilganligini etirof etib o‘tildi.

    Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

    Shuningdek, 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma hamda tuman statistika bo‘limlari majburiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlariga tegishli topshiriqlar berilganligi qayd etildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech