Joriy yilning 30-iyun sanasida, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-fevraldagi PQ-75-son “O‘zbekiston respublikasi milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini boshqarma tarmoq bo‘limlari va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqgan L.Mirsoatovning ta’kidlashicha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-fevraldagi PQ-75-son “O‘zbekiston respublikasi milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini samarali tashkil etish, ushbu qarorda belgilangan bandlar ijrosining mazmun-mohiyatini yuzasidan boshqarma va tuman statistika xodimlariga ta’kidlab o‘tildi.
Statistik kuzatuvlarni o‘tkazish va ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sohada islohotlarni jadallashtirish hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi (keyingi o‘rinlarda — Transformatsiya ofisi) tashkil etilsin.
Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilansin:
(a) ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;
(b) mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;
(v) Milliy statistika qo‘mitasi bilan rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa davlat organlari o‘rtasida samarali hamkorlik va uslubiy muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish;
(g) statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish;
(d) xalqaro tashkilotlar ishtirokida statistika organlari xodimlarining salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;
(e) sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar, tadqiqotchilar hamda nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlari bilan statistika ishlarini tashkil etish va yuritish bo‘yicha samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
(j) statistika sohasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish.
Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi tizimining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami tuzilmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 1 392 ta, shu jumladan, Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari soni 3 ta etib belgilansin. Bunda:
(a) Milliy statistika qo‘mitasining markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalarining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan jami 470 ta, shundan 330 ta boshqaruv xodimlari, 140 ta ishlab chiqarish xodimlari shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi inobatga olinsin;
(b) maqbullashtirilayotgan shtat birliklari hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lar Milliy statistika qo‘mitasi tizimidagi xodimlarning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) natijadorligidan kelib chiqib, ularni rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin hamda keyingi yildan boshlab rag‘batlantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar Milliy statistika qo‘mitasi xarajatlarida alohida satrda aks ettirilishi ta’kidlandi.