Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 2,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 740 tonna limon eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 77 tonnaga yoki 4,6 % ga oshgan.
O‘zbekiston 2025-yilning 5 oyida eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1 051 tonna
Qozog‘iston – 603 tonna
Qirg‘iz Respublikasi – 81 tonna
Boshqa davlatlar – 5 tonna