Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 40 265 ta kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, mazkur korxonalar orasida savdo sohasi yetakchi o‘rinni egallagan:
savdo sohasida – 14 934 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 5 315 ta
sanoat sohasida – 5 189 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 574 ta
qurilish sohasida – 2 265 ta
axborot va aloqa sohasida – 1 466 ta
tashish va saqlash sohasida – 1 271 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 785 ta
boshqa sohalarda – 5 466 ta