31/07/2025

Dastlab seminar ishtirokchilariga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X. Narziyev tomonidan 2022–2025-yillar mobaynida Toshkent shahar statistika boshqarmasida amalga oshirilgan konsalting xizmatlari tizimi, uning samaradorligini oshirish mexanizmlari va amaliy tajribalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

  Amaliy mashg‘ulotlar davomida hududiy boshqarmalar tinglovchilari guruhlarga bo‘linib, seminardagi o‘rgangan bilim va ko‘niklmalarini korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlariga qo‘lladi jarayonini qolgan tinglovchilar onlayn tarzda bevosita kuzatib borishdi.

IMG1923

  • Mahalliy grant loyihalarida ishtirok etish shartlari,
  • “UZEX TENDER” platformasi orqali e’lon qilingan loyihalar bilan ishlash tartibi,
  • Har bir vazifaga kreativ yondashuv zarurligi haqida batafsil tushuntirish berdi.

  Seminar davomida boshqarmaning Raqamlashtirish va registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i B. Shakarov tomonidan “GPS texnologiyasi orqali xodimlarni kuzatish va nazorat qilish mexanizmi” bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi.

IMG1851-2

IMG1698-2

  Mavzuning amaliy qismida “GPS” texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha seminar ishtirokchilari bevosita o‘z mobil qurilmalarida tizimni ishga tushirib, kuzatuv va nazorat mexanizmlarini amaliy tarzda sinab ko‘rishdi.

  “HSAT.UZ” tizimi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X. Narziyev hamda Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i B. Shakarov tomonidan nazariy bilimlar berilda va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tizim orqali ogohlantiruvchi va chaqiruv xatlari tayyorlash tartibi, ularni yuborish va monitoring qilish bosqichlari real misollar asosida tushuntirildi. So‘ngra hisobotlar qamrovini ta’minlashga xizmat qiluvchi maxsus platformalar tanishtirildi. Ishtirokchilar ushbu dasturlarni qanday ishga tushirish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini o‘zlashtirishdi.

IMG0466-2

   O‘quv seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirgan savol va takliflar eshitilib, muhokamalar asosida foydali tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech