03/07/2025

Joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov, TDIU prorektori S. Mexmonov, sohaga oid mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

5418136501746790231

Tadbir davomida universitetning “Iqtisodiy statistika” kafedrasi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida mazkur tadbirning dolzarbligi, oliy ta’lim va amaliyotni uzviy bog‘lashdagi ahamiyati muhokama qilindi.

Mazkur tashabbus statistikani zamonaviy bosqichga olib chiqish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.

5418136501746790230

Tugmani bosing Tinglash GSpeech