01/08/2025

  Joriy yilning 1-avgust sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.07.2025-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

  Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.07.2025-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.  

  Shundan so‘ng boshqarma o‘rinbosari A.Azimov ushbu Farmonning maqsadi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi bo‘yicha aniq hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.   

  Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq, quyidagilar davlat organlari va tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilanligi aytib o‘tilda, xususan:

  (a) qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

  (b) hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;

(v) davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish;

(g) Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish;

(d) ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.

Bundan tashqari, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov mazkur Farmonda Hisob palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishdagi rolini oshirish, ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini to‘liq tashkil etish va ijro sifatini baholashning yangi tartibini joriy qilish, ijro intizomini ta’minlash jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, Farmon ijrosini tashkil qilish, ta’minlash va nazorat qilish tartibi belgilanganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq 2025-yil 1-sentabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkazilishi va davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilanganligi, quyidagilar davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanganligi to‘g‘risida ma‘lumot berib o‘tildi, jumladan,

(a) ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish;

(b) ijro intizomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha birinchi rahbarga takliflar kiritish;

(v) har hafta juma kuni kelgusi haftada va har oyning 25-sanasiga qadar kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar to‘g‘risida birinchi rahbarni xabardor qilish;

(g) ijro intizomida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatish, xodimlar uchun tizimli ravishda o‘quv seminarlar hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish.

Bundan tashqari, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov mazkur Farmonda shunday tartib o‘rnatilyaptiki, unga muvofiq:

(a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilganidan so‘ng ularni qabul qilgunga qadar bo‘lgan bosqichlar qo‘shimcha ravishda “ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadi;

(b) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash to‘g‘risidagi topshiriqlar ushbu hujjatlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng nazoratdan chiqariladi;

(v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “ijro.gov.uz” tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng to‘liq bajarilgan deb hisoblanadi;

  1. g) ijro muddati uch oy va undan oshadigan topshiriqlarni nazorat qilishda oraliq nazorat mexanizmi joriy etiladi. Bunda mas’ul ijrochi topshiriq muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida oraliq ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
  2. d) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida, zaruratga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelishgan holda “ijro.gov.uz” tizimida qo‘shimcha ijrochi belgilanishi mumkinligi haqida seminar ishtirokchilariga ma‘lumot berib o‘tdi.

Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech