Joriy yilning 5-avgust sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2025-yildagi “O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi an’analarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son Qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2025-yildagi “O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi an’analarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son Qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma o‘rinbosari A.Azimov ushbu Qaroroning maqsadi o‘zining betakror iste’dodi va ko‘p yillik samarali ijodiy izlanishlari orqali o‘zbek milliy qo‘shiqchiligi sohasida ulkan maktab yaratgan mashhur hofiz va bastakor, O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayevning xotirasini abadiylashtirish hamda uning ijodiy an’analarini munosib davom ettirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur Qarorga muvofiq, Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etilib,
(a) Oliy maktab Madaniyat vazirligi tizimiga kirishi hamda unda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanishi;
(b) Oliy maktabga Madaniyat vazirligi tomonidan shakllantiriladigan har yilgi qabul kvotalari doirasida boshlang‘ich musiqiy bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilar ijodiy sinov asosida 9-sinfdan qabul qilinishi;
(v) Oliy maktabda o‘quv jarayoni davlat grantiga asoslangan 3 yillik o‘quv dasturi bo‘yicha tashkil etilishi hamda uning bitiruvchilariga o‘rta maxsus kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom berilishi;
(g) Oliy maktabning o‘quv dasturlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim dasturlari bilan o‘zaro integratsiya qilinishi;
(d) Oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari belgilangan tartibda o‘z o‘qishini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi bosqichidan davom ettirishi mumkinligi belgilanganligi aytib o‘tildi.
Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov mazkur Qaror bilan Madaniyat vazirligi:
(a) respublikaning boshqa hududlarida faoliyat olib borayotgan sohaning yetakchi professor-o‘qituvchi va mutaxassislarini Oliy maktabda o‘quv jarayoniga jalb etish, seminar, ochiq dars, mahorat darslari hamda maxsus kurslar tashkil etish choralarini ko‘rish;
(b) tasarrufidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan Oliy maktabda o‘quv dasturlariga muvofiq seminar, ochiq dars, mahorat darslari hamda maxsus kurslar tashkil etish hamda ularni qo‘shimcha rag‘batlantirib borish choralarini ko‘rish;
(v) har yili milliy qo‘shiqchilik va ijro san’ati bo‘yicha Sherali Jo‘rayev nomidagi televizion tanlovni o‘tkazib borsin, shuningdek, tanlov g‘oliblarini qonunchilikka muvofiq oliy ta’lim tashkilotlariga imtiyozli qabul qilish tartibini joriy etish yuzasidan Hukumatga taklif kiritsin hamda ularning ijodiy faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
(g) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda har yili milliy qo‘shiqchilik va ijro san’ati, shu jumladan, Sherali Jo‘rayev ijodiy yo‘nalishi va faoliyati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda shakllantirib borish;
(d) Oliy maktabda Sherali Jo‘rayev ijodiy yo‘nalishi va faoliyati bo‘yicha ilmiy-ijodiy laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida topshiriqlar belgilanganli haqida ma‘lumot berib o‘tildi.
Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov mazkur Qaror bilan Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabining asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tilganligini aytib, ular quyidagilardan iborat ekanligini bildirdi:
a) madaniyat va san’at sohasi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash;
(b) milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida milliy musiqa san’ati va badiiy ijodni rivojlantirish;
(v) o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalangan holda ta’lim sifatini yaxshilash;
(g) o‘quvchilarni egallagan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan, sifatli bilim olish va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan ta’lim dasturi asosida o‘qitish;
(d) milliy qo‘shiqchilik va ijrochilik san’ati hamda ijro an’analarini o‘rganish, tadqiq etish va munosib davom ettirish;
(j) mahalliy va xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.
Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.
05/08/2025