Joriy yilning 7-iyul sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.07.2025-yildagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 405-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.07.2025-yildagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 405-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoni ijrosini ta’minlash ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-iyundan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning xarajatlarini qoplash maqsadida 50 million so‘mgacha subsidiya ajratish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamida 3 oy davomida rasmiy ish bilan band qilish hamda ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdordagi ish haqi to‘lash shartlariga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday shartlardagi ishga joylashishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik subyektlariga 500 million so‘mgacha subsidiya ajratish tartibi yo‘lga qo‘yilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinganligi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlarini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali ishtirokini ta’minlash uchun tadbirkorlik subyektlarida bandligi ta’minlangan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlari Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi orqali nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ham ko‘rsatilishiga ruxsat berilganligi, bunda:
nodavlat notijorat tashkilotlariga beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmasining qiymati tadbirkorlik subyektida yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar uchun ushbu qarorda belgilangan miqdorlardan kelib chiqqan holda aniqlanishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlarini nodavlat notijorat tashkilotlari orqali yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratilmasligi ko‘rsatob o‘tildi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, mazkur Nizom “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish elektron reyestri” axborot modulini yuritish, ishlash istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularni ish beruvchilar bilan o‘zaro bog‘lash, shuningdek I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan yoki bandligini ta’minlashga ko‘maklashgan hamda ushbu shaxslarning mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlagan tadbirkorlik subyektlari hamda xususiy bandlik tashkilotlariga Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilashi:
I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga yoki ularni ish beruvchilarda mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirishga ko‘maklashgan xususiy bandlik tashkilotlariga subsidiya ajratish;
I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilib, ularning samarali mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus xizmatlarni (surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmati) yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga ushbu xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun xizmat turidan kelib chiqib subsidiya ajratishni nazarda tutushu belgilanganligi aytib o‘tildi.
Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.