Joriy yilning 14-iyul sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 10.07.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1074-son Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A. Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalaga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasining 10.07.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1074-son Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A. Azimov shuningdek, ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, mazkur Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin harakatlanishga, turar va yashash joyini tanlashga doir konstitutsiyaviy huquqini, boshqa huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni, shuningdek ular tomonidan boshqa shaxslar, davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilishi, yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish ruxsat etish xususiyatiga ega emasligi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmaganligi, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.
Shuningdek mazkur qonun bilan yashash joyi va turgan joy tushunchalariga aniq ta‘rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra shaxs mulkdor sifatida, ijara (ikkilamchi ijara), tekin foydalanish shartnomasi bo‘yicha yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra doimiy ravishda yashaydigan hamda o‘zi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan uy, kvartira, xizmat turar joyi, maxsus uy (yotoqxona, vaqtinchalik uy-joy fondi uyi yoki nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uy, shuningdek bolalar uyi yoki boshqa maxsus maqsadli uy) yoxud boshqa turar joy yashash joyi hisoblanishi, shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda vaqtincha yashaydigan joylashtirish vositasi, davolash muassasasi yoki shaxsning yashash joyi hisoblanmaydigan turar joy turgan joyi ekanligi ko‘rsatib o‘tilgani, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxslarning yoki vasiylikdagi shaxslarning qonuniy vakillari — tegishincha ota-onalari (yolg‘iz otasi yoki onasi), farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy mazkur voyaga yetmagan shaxslarning yoki vasiylikdagi shaxslarning yashash joyi hisoblanishi, o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshga qadar bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarning yoki homiylikdagi shaxslarning qonuniy vakillari — tegishincha ota-onalari (yolg‘iz otasi yoki onasi), farzandlikka oluvchilari yoki homiylari yashaydigan joy mazkur voyaga yetmagan shaxslarning yoki homiylikdagi shaxslarning yashash joyi hisoblanishi haqida aytib o‘tildi.
Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A. Azimov tomonidan mazkur Qonunda shuningdek yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning asosiy qoidalari, yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish zarur bo‘lgan muddatlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi chog‘ida o‘ziga nisbatan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qo‘llanilmaydigan shaxslar ro‘yxati, Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar hamda yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risida normalar mavjudligi haqida alohida aytib o‘tildi.
Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi mazkur Qonun haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.