28/07/2025

  Joriy yilning 28-iyul sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  16.07.2025-yildagi “2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 446-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

  Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  16.07.2025-yildagi “2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 446-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.  

  Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov shuningdek, ushbu qarorning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish orqali davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini oshirish ekanligi haqida ma‘lumot berdi.   

  Shuningdek, mazkur qaror bilan quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanishi belgilanganlligi haqida aytib o‘tildi , jumladan:

  davlat sektorida ichki nazorat tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va mamlakatimizdagi joriy holat;

  nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish va xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;

  nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish va axborot — kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;

  ichki nazorat tizimining doimiy monitoringini amalga oshirish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash;

  ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;

  ichki nazorat tizimini tashkil etish hamda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.

  Bundan tashqari, mazkur qaror bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada rivojlantirish va standartlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, muddatlari va amalga oshirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlanganligi ko‘rsatib o‘tildi.

  Mazkuq qarorda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samarali joriy etilishi:

  strategik maqsadlarni aniq belgilash va ularga erishishga ishonchni ta’minlash;

  samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish;

  qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash va faoliyatga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;

  faoliyatga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish orqali byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaxshilash;

  rahbar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirishga oid vazifalarni bajarishga xizmat qilshi ko‘rsatib o‘tilgan.

  Boshqarma boshligʻi mazkur qaror bilan tasdiqlangan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasida shuningdek jahonda davlat sektorida ichki nazorat tizimi rivojlanishining umumiy tendensiyasi va asosiy xulosalar, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini joriy etishdagi tizimli muammolar, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish, xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish, nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish, axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish, ichki nazorat tizimini monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari hamda Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar belgilanganligi  haqida ham tushuncha berib o‘tildi.

   Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech