05/09/2025

  Joriy yilning 5-sentabr sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.08.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 550-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.    

  Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari X.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.08.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 550-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.  

  Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari X.Narziyev ushbu qarorning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.08.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 550-son Farmoni ijrosini ta’minlash ekanligi haqida aytib o‘tdi.    

  Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq agentlik faoliyatini tashkil etish asoslari va tartibi, agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari, agentlik faoliyati samaradorligini baholash tartibi va mezonlari, agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibini ni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligini, agentlikning 31 ta shtat birligi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi hududiy bo‘linmalaridan 16 ta shtat birligini maqbullashtirish hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida qisqartirilgan 15 ta shtat birligi hisobidan shakllantirilishi belgailanganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

  Bundan tashqari, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi telekommunikatsiyalar sohasini tartibga soladigan, moliyaviy, tuzilmaviy jihatdan va qaror qabul qilishda mustaqil vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘lib, o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor ekanlogi, Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish hamda vazirlik va idoralar bilan hamkorligini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan amalga oshirilishi, Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanishi haqida ham gapirib o‘tdi.

  Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi to‘g‘risida tishuncha berib o‘tildi:

  telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat va munosabatlarni tartibga solish;

  yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalash, ruxsat berish;

  telekommunikatsiyalar tarmoqlarini va telekommunikatsiyalar inshootlarini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish;

  telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari, shuningdek, tarmoqlararo ulanishlar tariflarini tartibga solish;

  telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimini ishlab chiqish va telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash rejasi boshqaruvini amalga oshirish;

  Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentining manzil maydonidan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, domen nomlari tizimini belgilash;

  telekommunikatsiyalar vositalarini majburiy raqamli markirovkalash;

  universal xizmatlar ro‘yxatini va ularning sifatiga doir talablarni belgilash;

  operatorlar va provayderlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun teng hamda adolatli raqobat muhitini ta’minlashga ko‘maklashish;

  telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorini erkin raqobat asosida shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashish;

  foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

  O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarining monitoring tizimi orqali operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiyalar xizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqligini monitoring qilish;

  tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarda yoki favqulodda holatda telekommunikatsiyalar infratuzilmalaridan ustuvor foydalanish hamda ularning faoliyatini tiklash va rivojlantirishga doir ishlarni markazlashtirilgan tarzda boshqarish, shuningdek, ularning ishlashini belgilangan tartibda cheklash yoki to‘xtatib turish;

  tarmoqqa ruxsatsiz ulanishda va trafikni o‘tkazishda himoya choralarining chetlab o‘tilishini tegishli organlar bilan birgalikda nazorat qilish.

  Bundan tashqari, nizomda Agentlik rahbarlarining javobgarligi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Agentlik direktori Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun va Agentlikning ushbu Nizomda nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha hamda o‘z funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob berishi belgilangan bo‘lsa, Agentlik direktori o‘rinbosarlari mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun hamda o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob berishi ko‘rsatib o‘tilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

  Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech