Joriy yilning 12-sentabr sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2025-yildagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-163-son Farmoni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari X.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2025-yildagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-163-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma o‘rinbosari X.Narziyev ushbu Farmonning maqsadi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda joriy yilning 30-iyun kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq yoshlar bilan ishlash tizimi, jumladan, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq, quyidagilar mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilanganligi aytib o‘tildi, xususan,
(a) yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;
(b) yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini ta’minlash;
(v) yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish orqali ular ongiga turli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyaviy tahdidlarga mahalla darajasida qarshi kurashish;
(g) yoshlarga oid ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va doimiy ravishda yangilab borish jarayonlarini raqamlashtirish orqali yoshlarning ijtimoiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishga jalb etiladigan mehnat resurslari samaradorligini oshirish.
Bundan tashqari, mazkur farmonda “Mahalla yettiligi” va ta’lim muassasalari o‘rtasida yoshlar, jumladan, umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi hamkorlik qilish tizimi joriy etilishi belgilanganlifi to‘g‘risida ma‘lumot berib o‘tildi, xususan,
(a) maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har oyda sinf rahbari va maktab psixologi hamkorligida xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilar hamda bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida qo‘shimcha fanlar, xorijiy tillar va kasblarni o‘rganish, sport turlari bilan shug‘ullanish hamda mehnat faoliyatiga qiziqish bildirgan o‘quvchilarni aniqlaydi. Ushbu o‘quvchilarning ro‘yxati shakllantirilib, belgilangan tartibda yoshlar yetakchisi va mahalla raisiga taqdim etiladi;
(b) yoshlar yetakchilari:
(i) maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining fan, xorijiy tillar, sport turlari bilan shug‘ullanishiga va kasblarni o‘rganish istagi bo‘lgan o‘quvchilarning “Kelajak” markazlari hamda xususiy o‘quv markazlarida tahsil olishiga ko‘maklashadi;
(ii) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilar uchun ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda individual rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi;
(iii) mahalla hududidagi murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilar uchun ustozlik tizimini yo‘lga qo‘yadi;
(iv) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilarni davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi to‘garaklarga yo‘naltiradi;
(v) hokim yordamchilari mehnat faoliyatini olib borish istagi bo‘lgan maktab o‘quvchilarini tegishli mahalla hududida joylashgan korxonalarga yo‘naltirib, ularning kasb o‘rganishiga va kelgusida ishga joylashishiga, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur vositalar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi;
(g) mahalla raislari:
(i) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan doimiy muloqot o‘rnatadi hamda ularning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
(ii) ota-onalarga farzand tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy qo‘llab-quvvatlash va xulq-atvordagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taqdim etadi;
(iii) yoshlar bilan doimiy muloqot o‘tkazib, ularning kasbiy qiziqishini o‘rganadi, mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borish jarayonida ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib boradi;
(iv) ishsiz yoshlarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda mahalladagi tajribali tadbirkorlarga kasb-hunar o‘rganish uchun yo‘naltiradi, kasbiy o‘sishini kuzatib boradi hamda o‘zining mustaqil tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashadi;
(v) yoshlarning fanlarni o‘rganishi, axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishi, kitobxonlik, sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqadi.
Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.



